Vaksina yaratish o‘nlab yillar davom etadigan ilmiy izlanishlar, katta miqdordagi investitsiyalar va qat’iy sifat nazoratini talab qiladi.
Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Rossiya va ayrim boshqa mamlakatlarning ko‘plab ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalar uzoq yillardan buyon dunyoning ko‘plab davlatlarida qo‘llanib kelinmoqda. Shu vaqt davomida ularning samaradorligi, xavfsizligi va uzoq muddatli qo‘llanish natijalari bo‘yicha katta hajmdagi ilmiy ma’lumotlar to‘plangan.
Shu bilan birga, jahon bozorida Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarning yangi ishlab chiqaruvchilari ham muntazam ravishda paydo bo‘lmoqda. Ularning ayrim vaksinalari qator mamlakatlarda qo‘llanilmoqda va milliy sifat talablariga javob berishi mumkin. Biroq ayrim preparatlar nisbatan qisqaroq qo‘llanilish tarixiga ega yoki o‘nlab yillar davomida qo‘llanib kelayotgan vaksinalarga nisbatan xalqaro tajriba va ilmiy ma’lumotlar hajmi hali kamroq bo‘lishi mumkin.
Shu sababli vaksina tanlashda faqat ishlab chiqarilgan mamlakatni emas, balki aniq vaksina bo‘yicha to‘plangan ilmiy dalillarni, uning qo‘llanilish davomiyligini va xalqaro tajribani ham hisobga olish muhimdir.